Hamkorlar uchun ma’lumot
Har bir mijozimiz mahsulot yuqori sifat va qat’iy nazorat qilish tizimiga ega ekanligiga ishonch hosil qilishlari mumkin. Bu omillar mijozlarimizga bozorda eng yaxshi mahsulotlarni taqdim etishimizni ishonch bilan aytish imkonini beradi. Kompaniya doimo talablarni o’rganib chiqadi va mahsulotlarni kengaytirish ustida ishlab kelmoqda. Mijozning ehtiyojlariga qarab mahsulotlarni jo’natish muzlatilgan yoki sovutilgan holda amalga oshiriladi.
Qadoq
Mijozlarning talablaridan kelib chiqgan holda, fabrika tomonidan qadoqlash mahsulotlarining qulay turlari taklif etiladi – zamonaviy uskunalarda tayyorlangan individual firma qadoqlari, yoki qopli qadoqlar va profilli qutilar yordamida tayyorlangan monolit.
Qadoqlashning bunday usullari mahsulotning firma uslubi va tanilishiga qo’shimcha ravishda uning muddatini uzayishiga ham sababchi bo’ladi, hamda bir necha e’tirof etilishi lozim bo’lgan avfzalliklarga ega:
- mahsulotning suvsizlanishi va havo kirishini oldini oladi, shuning uchun ham qadoqdagi go’sht mahsulotlari chekkalari qurib qolmaydi va mahsulotning dastlabki vazni saqlanib qoladi;
- noxush hidlardan saqlanish – do’konlar va haridorlar uchun muhim afzallikdir, chunki odatda bir muzlatgichda turli guruhlardagi oziq-ovqatlarni saqlashga to’g’ri keladi;
- mahsulotni sellardan, paketlardan tozalash, qolib ketgan patlardan tozalash zaruriyatining mavjud emasligi, negaki konteynerga faqatgina termoishlovga tayyor, qayta ishlangan mahsulot qadoqlanadi, bu esa uy bekalarining vaqtini sezilarli darajada tejashga olib keladi;
- mahsulot deformatsiz bo’lgani sababli saqlash va transportirovka qilishning qulayligi;
- mahsulotning uzoq muddat saqlanishi tufayli kelajakda foydalanish uchun sotib olinishi mumkin.